Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

Xametov Rashid Munirovich

Qabul vaqti: Hafta kunlari (yakshanbadan tashqari)

soat: 10:00-16:00

Telefon: +998 91 495 85 95

Email: adchti.murojaatlar@bk.ru

 

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,  nazorat va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi

Boburjonov Xumoyunmirzo Bobur o‘g‘li

 

Telefon: +998 97 983 85 55

 

 

 

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi Andijon davlat chet tillari institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘z faoliyati yuzasidan institutning rektoriga hisob beradi.

Bo’limning vazifalari va funksiyalari:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, majlis bayonlari (tashriflar davomida) bayonlarida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
  • Institut buyruqlarining tarkibiy bo’linmalar, tasarrufidagi tashkilotlar, fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6166-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-5132-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida»gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, institutning tarkibiy bo’linmalari tomonidan murojaatlar o’z vaqtida va zarur tarzda ko’rib chiqilishini doimiy nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Bo’limning huquq va majburiyatlari:

  • Institutning tarkibiy bo’limlari bilan hamkorlikda ish yuritadi;
  • Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar hamda ma’lumotlarni institutning tarkibiy bo’limlaridan belgilangan tartibda oladi;
  • Joylarda ijro intizomini maqsadli o’rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda institutning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini jalb etadi;
  • Institutning tarkibiy bo’limlarida ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko’rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • Institutning tarkibiy bo’limlarida ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan o’quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;
  • Vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun institutning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etadi;
  • O’z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo’lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
  • Boshqa masalalar bo’yicha institutning tarkibiy bo’limlari bilan birgalikda harakat qiladi;
  • Bo’lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo’lmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo`lim Nizomi

Skip to content