MAGISTRATURA BITIRUVCHILARIGA DAVLAT NAMUNASIDAGI DIPLOMLAR TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI

2026-yil 21-iyul kuni Andijon davlat chet tillari institutida magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun davlat namunasidagi diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan bitiruvchilarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, ularning ta’lim olish jarayonidagi mehnati, ilmiy izlanishlari hamda erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Marosimda bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu muhim sana ularning ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi bosqichning boshlanishi sifatida yuksak kayfiyatda nishonlandi.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi barcha magistratura bitiruvchilarini ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etadi hamda ularning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik va yangi yutuqlar tilaydi.

Sahifalarimizni kuzatib boring:

Skip to content