0

Andijon viloyatida milliy madaniyatimiz va xalqimiz birdamligini namoyon etgan ulkan tarixiy voqea yuz berdi. Bir vaqtning o‘zida 20 ming nafar ishtirokchi afsonaviy “Andijon polkasi” raqsini ijro etib, ommaviy raqs ijrosi bo‘yicha Ginnes rekordlar kitobidan munosib o‘rin oldi.
Mazkur tarixiy tadbirda
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu ulkan madaniy loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
“Andijon polkasi”ning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi nafaqat Andijon viloyati, balki butun O‘zbekistonning milliy qadriyatlari, boy madaniy merosi va xalqimizning yuksak hamjihatligini dunyo miqyosida yana bir bor namoyon etdi.
Ushbu tarixiy yutuq bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Endi Andijon nomi Ginnes rekordlar kitobida!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati