FUTBOL KECHASI BARCHAMIZNI BIRLASHTIRDI!

4

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi kechgan muhim uchrashuvi Andijon davlat chet tillari institutida ham katta hayajon va qiziqish bilan kuzatildi.

Institutning professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda xodimlari Faollar zalida jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatladilar. Katta ekran orqali tashkil etilgan futbol oqshomi sportsevarlarni yagona maqsad va bir tuyg‘u atrofida birlashtirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun maxsus muxlislik muhiti yaratilib, turli atributlar, ichimliklar va popcornlar taqdim etildi. Natijada uchrashuv tomoshasi chinakam futbol bayrami va unutilmas lahzalarga boy kechaga aylandi.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga keyingi uchrashuvlarda ulkan muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaydi.

OLG‘A, O‘ZBEKISTON!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content