PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLARIMIZ TANTANALI TAQDIRLANDI

1

Chim ustida xokkey “Vazir kubogi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba qizlarimiz Talabalar turar joyida tantanali taqdirlandi.

Tadbir davomida institut mas’ullari tomonidan sportchi talaba-qizlarning erishgan yutuqlari alohida e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, sport orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va yuksak natijalarga erishishda qat’iyat muhim omil ekani ta’kidlandi.

Talaba-qizlarimizning ushbu muvaffaqiyati institut jamoasi uchun katta faxr ekani qayd etilib, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga tilaklar bildirildi. Bunday e’tirof va rag‘bat esa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Skip to content