FRANSIYANING MUXTOR ELCHISI INSTITUTGA TASHRIF BUYURDI

“Payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Ualid Fuk Andijon davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligidagi institut rahbariyati kutib oldi.

Tashrif davomida mehmon institut faoliyati, ta’lim jarayoni hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

 Mazkur tashrif institutning xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijiy hamkorlikni rivojlantirish hamda talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content