

Ayni vaqtda Samarqand davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi insholar tanlovining yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tanlovda Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti 2-bosqich talabasi Hoshimova Gulhayo oliygohimiz bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etmoqda.
Biz institutimiz jamoasi nomidan Gulhayoga omad va zafarlar tilaymiz! Sening o‘tkir qalaming va teran fikrlaring g‘alaba keltirishiga ishonamiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
