
Hindistonning nufuzli Javaharlal Neru universitetida (JNU) «Alisher Navoiy merosining Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarida o‘rganilishi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur nufuzli anjuman Javaharlal Neru universiteti, O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi hamda Andijon davlat chet tillari instituti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini mintaqa mamlakatlari miqyosida tahlil qilish hamda ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat.
Institutimiz vakillari xalqaro minbarda:
Ushbu nufuzli tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Z.Kabilova — Institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi; B.Abdullayev — Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudiri;Kafedra professor-o‘qituvchilari I.Zaynobidinova va X.Davlatovalar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.
Konferensiya doirasida Navoiy asarlarining qo‘lyozmalari, ularning turli tillarga tarjima qilinishi va bugungi kunda Janubiy Osiyo ilm-fanida tutgan o‘rni yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda. Vakillarimizning mazkur safari oliygohimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqda.
Anjuman tafsilotlarini sahifalarimizda kuzatib boring!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati