

Andijon davlat chet tillari institutida talabalarning notiqlik mahoratini oshirish va ingliz tilida erkin fikr almashish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “TED Talk” ko‘rik-tanlovining final bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha tashabbuskori — Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi D.Satimova tadbirni ochib berar ekan, tanlov davomida talabalarning nafaqat til bilish darajasi, balki ommaviy chiqishlardagi psixologik tayyorgarligi va kreativ yondashuvlari ham sezilarli darajada o‘sganini alohida ta’kidladi.
Final bosqichiga yo‘llanma olgan o‘n nafar eng kuchli ishtirokchi hakamlar hay’ati va keng jamoatchilik qarshisida o‘zlarining dolzarb mavzulardagi nutqlarini ingliz tilida mahorat bilan taqdim etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: P.Mutalipov;
2-o‘rin: S.Ziyiyiddinova;
3-o‘rin: I.Maxsumov hamda Sh.Parpiyeva.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ertaga — «Payshanba — Yoshlar kuni» munosabati bilan tantanali tarzda boʻlib oʻtadi.
Barcha g‘oliblarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Text box item sample content