Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi Kengash yig‘ilishi xushxabarlar bilan boshlandi

 ​Ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi 6-sonli Kengash yig‘ilishi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. An’anaga ko‘ra, yig‘ilish institut ilmiy jamoasining erishgan yangi muvaffaqiyatlarini e’tirof etish bilan boshlandi.

 ​Institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov Kengash avvalida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy daraja va ilmiy unvon egalariga diplom hamda shahodatnomalarni tantanali ravishda topshirdi.

 ​Xususan, quyidagi professor-o‘qituvchilarimiz o‘zlarining ilmiy yutuqlari bilan jamoamiz faxriga aylanishdi:

 ​Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan:

 ​Toshtonov Soyibjon Abdusami o‘g‘li;
 ​Djalaldinova Maloxat Zuxurdinovna.

 ​Dotsent ilmiy unvoni bilan:

 ​Bogdanovich Gennadi Aleksandrovich;
 ​Sultonkulov Otabek Jasurovich;
 ​Axmedov Azimjon Ilxomovich.

 ​Ushbu yutuqlar institutimizning ilmiy nufuzini oshirish barobarida, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda xizmat qiladi.

 ​Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan barcha olimlarimizni erishilgan ilmiy zafarlar bilan samimiy muborakbod etamiz! Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz bardavom bo‘lsin!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content