XODIMLAR VA TALABALAR SALOMATLIGI — INSTITUT UCHUN ENG MUHIMI

 Andijon davlat chet tillari instituti ma’muriyati hamda Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida institut hududida «Salomatlik marafoni» doirasida keng qamrovli tibbiy ko‘rik aksiyasi o‘tkazildi.

 «Salomatlik — tibbiy madaniyatdan boshlanadi» shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda oliygohning barcha rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

 ​Tibbiy ko‘rik davomida viloyatning eng malakali mutaxassislari jamoa a’zolarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazdilar. Asosiy e’tibor kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishga qaratildi.

 Ishtirokchilar o‘z ish va o‘qish joylaridan ajralmagan holda bepul tibbiy maslahatlar hamda zarur tavsiyalar oldilar. Bu kabi tadbirlar institut jamoasining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content