

Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati hamda institut Oqsoqollar kengashi hamkorligida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir davomida institut imidjini munosib saqlash, ta’lim muhitida tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, professor-o‘qituvchilik sha’nini asrab-avaylash hamda talaba-yoshlarga shaxsiy namuna ko‘rsatish masalalari keng muhokama etildi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasasining ijtimoiy nufuzini yuksaltirish, pedagoglarning kasbiy mas’uliyatini yanada kuchaytirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha muhim fikr va takliflar ilgari surildi. Shuningdek, institut jamoasining o‘zaro hurmat, birdamlik va fidoyilik tamoyillari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur yig‘ilish institutda ma’naviy qadriyatlarni asrash, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati