0

Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov «VoiceUp» inklyuziv yoshlar oromgohi ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etish doirasida tashkil etilgan maxsus o‘quv kursida ishtirok etdi.
Mazkur qisqa muddatli o‘quv kursi «International Inclusive Hub» xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda inklyuziv ta’limni tashkil etishning xalqaro standartlari va metodikasi o‘rganildi.
Ushbu kursda orttirilgan tajriba asosida joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab Andijon davlat chet tillari institutida ham inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa oliygohimizda barcha yoshlar uchun teng va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati