TALABALAR SALOMATLIGI VA SHAROITLARI — DOIMIY NAZORATDA

 ​Bugun, 16-yanvar kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov institut tasarrufidagi Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

 ​Qishning sovuq kunlarida talabalarning yashash sharoitlari va salomatligini asrash maqsadida amalga oshirilgan ushbu tashrif davomida rektor quyidagi masalalarni atroflicha o‘rgandi:

Talabalar xonalaridagi harorat darajasi ko‘zdan kechirildi. Isitish tizimining uzluksiz ishlashi va xonalarda me’yoriy issiqlik saqlanayotganligi holati tekshirildi;

 Rektor talabalar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, ularning darsdan tashqari vaqtlarini qanday o‘tkazayotgani, oshxona, yuvinish xonalari hamda ma’naviyat xonalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan qiziqdi;

 Tashrif davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi. Rektor D.Rustamov talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda, asosiy e’tiborni bilim olishga qaratish lozimligini ta’kidladi.

 O‘rganish yakunida mas’ullar va TTJ xodimlariga binoda tozalikni saqlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

 ​Zero, talabalarimizning xavfsiz va shinam muhitda bilim olishlarini ta’minlash institut rahbariyatining doimiy diqqat markazidadir.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content