

Bugun – 20.12.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng rektor D.A.Rustamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimlik, umuman, yuqori tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan farmon, qaror, buyruqlar mazmun-mohiyatini tushuntirib, ularning ijrosini amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga koʻrsatmalar berib oʻtdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xalqaro hamjamiyatda Prezidentimiz tomonidan qilinayotgan oʻzgarishlar xususida nutq soʻzladi.
Shundan soʻng kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar oʻz ma’ruzalarini amalga oshirdilar. Xususan, prorektorlar oʻz yoʻnalishlarida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini oʻqib eshittirib, yangi — 2026-yil istiqbol rejalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, o‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlash, axborot-resurs markazi faoliyatini takomillashtirish hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha amaliy qarorlar qabul qilindi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati