ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI DELEGATSIYASI KOREYA TA’LIM MARKAZI TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

 Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi 4-hamkorlik kengashida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda institut delegatsiyasiga Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Alisher Xoshimjonov rahbarlik qildi. Shuningdek, tadbirda institutning koreys tili o‘qituvchilari Nodira Xodjimuratova va Ziyoviddin Mahmudov ham qatnashdilar.

 Uchrashuv davomida Koreya ta’lim markazi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim almashinuvi va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, koreys tilini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, shuningdek, mavjud va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirning ikkinchi qismida Koreya ta’lim markazi tomonidan koreys tili kursi tinglovchilari uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga oid taqdimotlar, shuningdek, individual maslahatlar sessiyasi tashkil etildi.

 Mazkur hamkorlik uchrashuvi Andijon davlat chet tillari institutida koreys tilini o‘qitish sifatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda talabalar uchun yangi ta’lim va akademik imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Skip to content