Andijon davlat chet tillari instituti rektori respublika miqyosidagi nufuzli forumda ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan respublika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ham ishtirok etmoqda.

Forum davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedov tomonidan dolzarb ma’ruzalar tinglandi.

 Ma’ruzalarda sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, talabalar ehtiyojiga mos ta’lim modellarini ishlab chiqish, ta’lim boshqaruvida katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish hamda akademik halollikni ta’minlashda ilg‘or intellektual texnologiyalarni qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 Shuningdek, forum o‘z ishini “Oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish”, “Sun’iy intellekt savodxonligi: etik me’yorlar va amaliy ko‘nikmalar” hamda “Oliy ta’limda raqamli transformatsiya” mavzularidagi panel sessiyalar bilan davom ettirmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti ushbu forum orqali zamonaviy raqamli ta’lim yondashuvlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishda faol ishtirok etmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content