KONSTITUTSIYA — MILLATNING HUQUQI VA ERKINLIK POYDEVOR

0

 Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya: milliy ravnaq va huquqiy madaniyat ko‘zgusi” mavzusida viloyat miqyosidagi ilmiy–amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O.Vositov ochib berdi. M.Buzrukov va D.Abdullajonova tadbirni olib bordi va ishtirokchilarni huquqiy savodxonlik, mas’uliyat va faol fuqarolik ruhida faol bo‘lishga chaqirdilar.

 Konferensiya doirasida talabalar Konstitutsiya moddalari turli chet tillarida o‘qib eshittirdilar, bu orqali huquqiy madaniyatni keng targ‘ib qilish va til bilimini rivojlantirish imkoniyati yaratildi.

 Tadbirning ilmiy-amaliy qismida soha mutaxassislari — huquqshunos, iqtisodchi, pedagog va sotsiologlar — Konstitutsiyaviy islohotlar, bosh qonunning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, ta’lim va yoshlar siyosatidagi tamoyillar hamda huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Konstitutsiya qadriyatlarini chuqur anglash va targ‘ib qilish borasida fikr-mulohazalar almashdilar. U yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va milliy madaniyat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content