

🇺🇿🇰🇷 Ayni kunlarda Janubiy Koreyada davom etayotgan xalqaro tashrif doirasida Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasining Cheju Xalla universiteti rahbariyati bilan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.Kurbanov boshchilik qildi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlari, qo‘shma dasturlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishidagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida 2026-yilda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuvga muvofiq, Cheju Xalla universiteti tomonidan Andijon davlat chet tillari institutiga katta miqdorda investitsiya yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Investitsiya o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va qo‘shma ilmiy-ilmiy-amaliy platformalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida:
qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish;
talabalar uchun stajirovkalar va amaliy ta’lim dasturlarini kengaytirish;
Korea–O‘zbekiston ilmiy markazi doirasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda ham aniq rejalar kelishib olindi.
Cheju Xalla universiteti rahbariyati O‘zbekistondagi hamkorlikni eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri sifatida e’tirof etdi va kelajakda yangi yirik tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, institutimiz uchun esa xalqaro miqyosda yangi eshiklar ochishini ta’kidlash joizdir.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati