ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

2

Bugun — 2025-yil 2-dekabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov rahbarligida mehnat jamoasi ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

 Yig‘ilish kun tartibidan uchta asosiy masala o‘rin oldi:

 Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;
 DUAL ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish va bu jarayonga jiddiy e’tibor qaratish;
 Ta’lim sifati bo‘yicha faoliyatni jadallashtirish va natijadorlikni oshirish.

 Professor Dilshodbek Abduvahidovich o‘z nutqida ta’lim jarayoni sifati bilan bir qatorda yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish muhimligini alohida ta’kidladi:

“Ta’lim muassasasining eng katta maqsadi — faqat diplomga ega mutaxassis emas, balki ma’naviy boy, Vatanga sodiq, ijtimoiy faolligi yuqori bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Har bir pedagog o‘z auditoriyasida nafaqat dars beruvchi, balki tarbiyachi, yetakchi va yo‘lko‘rsatuvchi bo‘lishi zarur”.
 Shuningdek, DUAL ta’lim yo‘nalishlarini sifat jihatidan rivojlantirish, amaliyot bilan uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish, korxona-muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ta’lim sifati masalasida esa nazorat, monitoring, metodik yangiliklarni joriy etish va pedagoglarning mas’uliyatini oshirish zarurati qayd etildi.

 Yig‘ilish yakunida bo‘lim va kafedralar, fakultet dekanlari hamda tyutorlarga aniq topshiriqlar va muddatlar belgilab berildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content