ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TALABALARI TOMONIDAN BOG‘ISHAMOL DAHASIDA PLOGGING AKSIYASI O‘TKAZILDI

 Bugun — 25.11.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti talabalari tomonidan ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan amaliy tashabbus — plogging aksiyasi tashkil etildi.

 Mazkur tadbir institutimiz tyutorlari boshchiligida viloyatimizning Bog‘ishamol dahasida o‘tkazildi.

 Aksiyada ishtirok etgan talaba-yoshlar yugurish va jismoniy mashg‘ulotni foydali amaliyot — atrof-muhitni tozalash bilan uyg‘unlashtirib, hududni turli chiqindilardan ozod etdilar. Tadbir davomida yoshlarda ekologik mas’uliyat, tabiatga mehr va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.

Shu bilan birga, plogging jarayonida aholiga ham ekologik madaniyat va tozalikni saqlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Tadbir yakunida mas’ullar ekologik tashabbuslarda faol bo‘lish, tabiatni asrashni yoshlarning burchi sifatida qadrlash zarurligini alohida ta’kidladi.

 Bunday amaliy tashabbuslar kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.

Atrof-muhitga befarq bo‘lmagan va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilayotgan barcha yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content