TURIZM LABORATORIYASIDA “TURIZM MARKETINGI” MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

 Bugun — 20.11.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahridagi Turizm laboratoriyasida Ta’lim turizmi festivali doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

 Tadbir «Ta’lim turizmi festivali» doirasida Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

 Mashg‘ulotning asosiy mavzusi — “Turizm marketingi” bo‘lib, unda talabalarga zamonaviy turizm bozoridagi raqobat, marketing strategiyalari, brending va mijozlar bilan ishlash mexanizmlariga oid nazariy hamda amaliy bilimlar berildi. Shuningdek, turizm sohasida ingliz tilining qo‘llanishi, xorijiy mehmonlar bilan samarali kommunikatsiya, turizm xizmatlarini targ‘ib qilish usullari bo‘yicha interaktiv mashqlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida:

 turizm sohasidagi global va mahalliy tendensiyalar tahlil qilindi;

 talabalar jamoaviy loyihalar va amaliy topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;

 turizm obyektlarini tanishtirishda texnologiyalar va prezentatsiya madaniyatining ahamiyati haqida fikr almashildi.

Ushbu mashg‘ulot yosh mutaxassislarning malakasini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish hamda turizm sohasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content