

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Fijital sport bo‘yicha Respublika chempionati yakuniga yetdi. Unda “Lazertag” yo‘nalishi bo‘yicha final bahslari nihoyasiga yetib, respublikaning eng kuchli jamoalari o‘zaro keskin raqobatda g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Ushbu nufuzli musobaqada Andijon davlat chet tillari instituti sharafini himoya qilgan “Turon” jamoasi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, strategik fikrlashi, jamoaviy uyg‘unligi va matonatli kurashi bilan ajralib turdi hamda respublika bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu ulkan natija — institut jamoasi uchun g‘urur, yoshlarimiz uchun esa yangi marralar sari kuchli turtki bo‘ldi. “Turon” jamoasi final bellashuvlarida g‘alabaga bo‘lgan intilish, qat’iyat va mahoratning yorqin namunalarini namoyish etib, tomoshabinlar va hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur yutuq Andijon davlat chet tillari institutida yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi, sport va ilmiy salohiyatni uyg‘un rivojlantirish borasidagi tizimli ishlarning samarasi ekani alohida ta’kidlandi.
Institut rahbariyati va jamoasi nomidan “Turon” jamoasini ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Yurt sha’nini munosib himoya qilganingiz, institut bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targaningiz uchun rahmat!
Kelgusidagi musobaqalarda yanada yuqori marralarni zabt etishingizga ishonamiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati