

Andijon davlat chet tillari instituti qoshidagi Sport klubi a’zosi, tajribali murabbiy Jahongir Qoravoyevning shogirdi — Muhammadyusuf Yusufjonov III MDH o‘yinlarida sambo sport turi bo‘yicha 71 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Mazkur yutuq nafaqat sportchi va uning murabbiyi, balki Andijon davlat chet tillari instituti Sport klubi uchun ham faxrli natijadir. Bu muvaffaqiyat institut qoshida faoliyat yuritayotgan sport klubi a’zolarining yuksak mahorati, fidoyiligi va muntazam mashg‘ulotlar samarasi ekanini yana bir bor isbotladi.
Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati va jamoasi Muhammadyusuf Yusufjonovni ushbu yirik g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi, unga kelgusi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi! 🇺🇿
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati