ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI VA “ALPHA UNITED LOGISTICS” MCHJ O‘RTASIDA HAMKORLIK O‘RNATILDI

Kuni kecha Andijon davlat chet tillari institutida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut rektori “ALPHA UNITED LOGISTICS” MCHJ kompaniyasi rahbariyatini qabul qildi.

 Suhbat davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar va ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

 Muzokaralar yakunida institut va kompaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kelishuvga ko‘ra:
 Institut talabalari uchun logistika sohasida nazariy va amaliy o‘quv jarayonlarini tashkil etish;
 Bitiruvchi yoshlarni “ALPHA UNITED LOGISTICS” MCHJ tizimida ish bilan ta’minlash;
 Soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirildi.

 Mazkur hamkorlik yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni mehnat bozoriga mos raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati ushbu hamkorlikni o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish borasidagi muhim qadam sifatida e’tirof etdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content