“SEJONG CULTURE ACADEMY – 2025” LOYIHASI ADCHTIDA

 Andijon davlat chet tillari institutida Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida “Sejong Culture Academy – 2025” loyihasi doirasida Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili yo‘nalishi talabalari uchun 3 kunlik maxsus kurs tashkil etildi.

 Mazkur kurs davomida talabalar koreys madaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ularga koreys milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish tartib-qoidalari amaliy tarzda o‘rgatildi hamda koreys milliy kuylarini ijro etish mashg‘ulotlari olib borildi.

 Bugun ushbu kursning yakuniy bosqichi sifatida ochiq maydonda talabalar o‘zlari o‘rgangan kuylarni jonli ijroda namoyish etdilar. Tadbir jarayonida koreys xalqining boy madaniy merosi, musiqiy an’analari va milliy qadriyatlari aks etgan kuylar institut jamoasiga iliq kayfiyat ulashdi.

🇺🇿🇰🇷 Bunday loyihalar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, madaniy integratsiyani chuqurlashtirish hamda yoshlar orasida xalqaro madaniy aloqalarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content