KUNNI XUSHXABAR BILAN BOSHLAYMIZ!

 Oʻtgan haftada Bahrayn davlatida aralash jang san’atlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari musobaqasi oʻtkazildi.

Biz uchun quvonarlisi shundaki, ushbu musobaqada ishtirok etgan Andijon davlat chet tillari instituti qoshidagi Sport klubi a’zosi Botirov Ibrohimjon faxrli 2-oʻrinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qoʻshib qoʻydi.

 Yurtimizga qaytgan sportchilar va ularning murabbiylarini davlatimiz sport sohasidagi mutasaddilar, jumladan, Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Otabek Umarov kutib oldi. Yurtimiz sha’nini munosib himoya qilganliklari uchun Ibrohimjon Botirovga 1 000 $, ustozi Jahongir Qoravoyevga esa 750 $ pul mukofotlari topshirildi.

 Biz ham Sport klubimiz murabbiy va sportchilarini ushbu natijalar bilan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan gʻalabalar kutib qolamiz!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content