R

Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov UzJapan Rektorlar forumida nutq so‘zladi.
🇺🇿🇯🇵 Samarqand shahrida O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari ishtirokidagi beshinchi “UzJapan Forum” o‘z ishini davom ettirmoqda. Forum doirasida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari, ilm-fan almashinuvi va xalqaro ta’lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qilmoqdalar.
Bugungi sessiyada Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov nutq so‘zlab, institutning joriy yilda erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlari hamda Andijon davlat chet tillari institutining jahon ta’lim maydonidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Shuningdek, rektor Yaponiya oliygohlari bilan o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini kengaytirish bo‘yicha institut tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli rejalar bilan ham o‘rtoqlashdi.
Ushbu forum O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda ikki xalq o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati