

Bugun Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi fidjital sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Lasertag yo‘nalishida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Bu g‘alaba – jamoamizning jismoniy tayyorgarligi, strategik fikrlashi va jamoaviy hamjihatligining yorqin ifodasidir. Final bahsida institut vakillari kuchli raqiblarga qarshi qat’iyat, iroda va tezkorlik namunasini ko‘rsatib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur yutuq nafaqat jamoamiz, balki butun institutimiz sha’niga bitilgan navbatdagi faxrli sahifa bo‘ldi. Bu g‘alaba xodim va talabalarning fidoyiligi, har bir a’zoning jamoaviy mas’uliyatini chuqur his etganining natijasidir.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham yurtimiz nomini munosib himoya qiladigan, ilmda va sportda yetakchi yoshlar safida bo‘lishingizni tilaymiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati