27

Bugun institutimiz sport zalida fidjital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ilk kuni boshlandi. Dastlabki bellashuvlar fidjital futbol yo‘nalishida o‘tkazilib, ishtirokchilar avval raqamli (virtual) bosqichda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar, so‘ng esa mini futbol maydonida haqiqiy o‘yin orqali g‘alaba uchun kuch sinashdi.
Fidjital sport — bu raqamli va jismoniy sport turlarini uyg‘unlashtiruvchi yangi yo‘nalish bo‘lib, u sportchilarni nafaqat virtual o‘yinlardagi strategik fikrlashga, balki jismoniy tayyorgarlikka ham chorlaydi.
Musobaqa davomida fidjital basketbol, Just Dance va Lasertag yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, chempionat 30-oktabr sanasiga qadar davom etadi.
Manzil: Andijon davlat chet tillari instituti sport zali
Muddat: 27–30 oktabr
Fidjital sport — bu zamonaviy yoshlarning yangi hayot tarzi!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati