ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TALABALARI SAMARQAND VA BUXORO SAYOHATIDA

 O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida yoshlar uchun tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayohat doirasida andijonlik faol yoshlar azim Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurdilar.

 Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, yurtimizning qadimiy va go‘zal maskanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, milliy tarix va madaniyatimizni chuqurroq o‘rganishga xizmat qilmoqda.

Sayohatda Andijon davlat chet tillari instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Ular Samarqanddagi Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi, shuningdek Buxorodagi Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qilib, ulug‘ ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishdilar.

 Mazkur safar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content