

Andijon davlat chet tillari institutida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “English Sprint–2025” dasturi doirasidagi mashg‘ulotlar o‘z nihoyasiga yetdi.
To‘rt kun davom etgan mazkur o‘quv dasturi Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilib, unda institut professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar faol qatnashdilar. Darslar davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kommunikativ metodlar va interfaol o‘qitish uslublari amaliy tarzda qo‘llanildi.
Dastur yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda institut rahbariyati mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildirib, bunday xalqaro hamkorlik o‘quv jarayoniga yangicha yondashuv olib kirayotganini ta’kidladi.
“English Sprint–2025” dasturi o‘z yakunini topsa-da, uning natijalari kelgusida xorijiy tillarni o‘qitishda yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati