“RECTOR CUP – 2025” ZAKOVAT KUZGI LIGASIGA START BERILDI

Andijon davlat chet tillari institutida talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatini oshirish va ularni jamoaviy ruhda birlashtirish maqsadida “Rector Cup–2025” Zakovat kuzgi ligasiga start berildi.

 Ushbu mavsumga institutning turli fakultet va yo‘nalishlaridan intellektual o‘yinlarga qiziquvchi ko‘plab talabalar ro‘yxatdan o‘tishdi. Ilk turda jami 53 ta jamoa faol ishtirok etdi.

 Mavsum ochilish marosimini institut Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov ochib berdi. U o‘z so‘zida Zakovat o‘yinlarining talabalarda erkin fikrlash, jamoaviylik va bilimga intilish tuyg‘ularini kuchaytirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, barcha jamoalarga omad tiladi.

 Dastlabki tur murosasiz, qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mantiqiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish jarayonida faol ishtirok etishdi.

“Rector Cup–2025” kuzgi ligasi 10 tur davom etadi va yakunda gʻolib hamda sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Leave a Reply

Skip to content