“ENGLISH SPRINT–2025” DASTURI DOIRASIDA MUTAXASSISLAR ILK MASHG‘ULOTLARNI BOSHLADILAR

 Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlikning navbatdagi bosqichi — “English Sprint–2025” dasturi doirasidagi amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

 Eslatib o‘tamiz, mazkur dastur doirasida institutga Amerika Qo‘shma Shtatlaridan malakali mutaxassislar tashrif buyurishgan edi. Bugun esa ular tomonidan ilk dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 Mashg‘ulotlar jarayonida talabalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, til o‘rganishda kommunikativ metodika, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish kabi mavzularda interfaol darslar o‘tkazildi.

 “English Sprint” dasturi doirasidagi mashg‘ulotlar talabalarning amaliy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, til o‘rganishga yangicha motivatsiya uyg‘otish hamda xorijiy mutaxassislar bilan bevosita tajriba almashish imkonini beradi.

 Dastur davomida 4 kun mobaynida institut talabalari xorijiy ekspertlar bilan birgalikda turli workshop, interfaol trening va muloqotli seminarlarda ishtirok etadilar.

 Mazkur hamkorlik Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro ta’lim maydonidagi ishonchli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizma

Leave a Reply

Skip to content