

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi yoshlarga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, Buloqboshi tumanida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan suhbatlar olib bordi. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yoshlarning ish joylariga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati