Andijon davlat chet tillari institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika  musobaqalari o‘tkazilmoqda

 2025-yil 6-oktabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida volleybol va stritbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalarning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy chiniqish, irodani mustahkamlash hamda sport orqali do‘stlik va jamoaviylik muhitini shakllantirishdan iboratdir.

 Musobaqalarda institutning turli fakultetlaridan talabalar faol ishtirok etishdi. Ushbu olimpiada yo‘nalishlarida o‘tgan bellashuvlar qizg‘in va do‘stona muhitda kechdi.

 Sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va irodasini namoyon etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat ruhi, o‘zaro hurmat va jamoaviy birdamlik muhitini ko‘rish mumkin edi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content