ILMIY TO‘GARAKLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

 Andijon davlat chet tillari institutida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limlari tashabbusi bilan “Ilmiy to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni ilm-fanga jalb etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

 Tadbirda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Sotvoldiyev kafedralarda faoliyat yuritayotgan salohiyatli professor-o‘qituvchilar nomi bilan ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning negizida ilmiy to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish masalalarida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Baltabayeva talabalarning ilmiy izlanishlarga faol jalb etilishi, ularning ijobiy natijalarga erishishida ilmiy to‘garaklarning muhim o‘rin tutishi haqida ma’lumot berdi.

 Seminar davomida ilmiy izlanishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, innovatsion faoliyatni jadallashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish hamda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

 Tadbir yakunida ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish va yoshlarning ilm-fanga qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar bildirildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content