Andijon davlat chet tillari instituti Rossiya Federatsiyasining Gumanitar fanlar davlat akademiya universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

2

 Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlib turgan Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi delegatsiya Gumanitar fanlar davlat akademiya universiteti (ГАУГН) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

 Imzolangan shartnomalarga ko‘ra, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar:
 Ilmiy nashrlar sohasi — GАUГNda mavjud Scopus bazasiga kiritilgan xalqaro jurnalning maxsus soni Andijon davlat chet tillari instituti uchun alohida tayyorlanadi;
 Talabalar uchun yozgi oromgoh — Xonobod shahrida qo‘shma yozgi oromgoh va talabalar dam olish dasturlari tashkil etiladi;
 Akademik almashinuv — 2025–2026-o‘quv yilining 2-semestridan boshlab talabalar almashinuvi dasturi amalga oshiriladi;
 Xorijiy stajirovkalar — doktorant va magistrlar uchun xorijiy stajirovkalar yo‘lga qo‘yiladi;
 Malaka oshirish — professor-o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida ishtirok etadilar;
 Qo‘shma ilmiy loyihalar — Rossiya fanlar akademiyasining moliyaviy ko‘magi asosida qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy loyihalar amalga oshiriladi;
 Doktorantura imkoniyatlari — institut doktorantlari GАUГNda davlat granti (byudjet) asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 Ushbu kelishuvlar institutimiz xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirib, talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi ilmiy va amaliy imkoniyatlarni yaratadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content