Institutda “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi

17

 Bugun, 2025-yil 17-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida keng qamrovli “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri tashkil etildi.

 Tadbirda institut rahbariyati bilan bir qatorda fakultet dekani A.Ataboyev ham ishtirok etdi.

 Talabalar tomonidan:
milliy liboslar namoyishi;
milliy kuy va qo‘shiqlar ijrosi;
 hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

 Tadbir yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, qadrlash va kelgusi avlodlarga yetkazish mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti bundan buyon ham talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content