
Bugun Andijon davlat chet tillari institutida Xalqaro hamkorlik boʻlimi tashabbusi bilan xalqaro miqyosda nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
SP Jain Global University (dunyoning TOP-100 ta’lim muassasalari qatorida)dan Professor Dr. Anshul Gupta va Assistant Manager Herick Rodrigueslar institutimizga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar bilan uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b. S.Toshtonov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi A.Xoshimjonovlar ishtirok etdilar, ular bilan ta’lim sifati, xalqaro loyihalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida suhbatlashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alari topshirib, o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Ushbu tashrif institutimizning xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida yangi bosqich bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam hisoblanadi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati