14

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Amanbayeva Dilsoraxon Abbamuslimovna kuni kech – 13.09.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida “»»Bursh» konseptining leksikografik talqini hamda lingvokulturologik jihatlari»” mavzusidagi 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Amanbayeva Dilsoraxon filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati