
Andijon davlat chet tillari institutida institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida navbatdagi ishchi yig‘ilish tashkil etildi. Unda institut prorektorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda fakultet dekanlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, yuqori — 3- va 4-kurs talabalarini DUAL ta’lim tizimiga jalb qilish va ularning amaliyot hamda kelgusidagi ish joylarini oldindan belgilash masalasi alohida e’tiborga olindi.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul S.Toshtanov o‘z taqdimotini namoyish etib, amalga oshirilayotgan rejalar va istiqbollar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, talabalarni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash va ular uchun amaliy imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati