

2025-yil 11-sentyabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” bosh g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir institut ma’ruzalar zalida tashkil etildi.
Uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi M.Saliyeva olib bordi. Unda institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori J.Siddikov, viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Xamraev va boshqarmaning mutaxassisi D.Qodirova, Andijon shahar IIB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Najmiddinova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O.Vositov, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Qobulova, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjaev hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha institut profilaktika katta inspektori Sh.Axmedovalar ishtirok etdilar.
Shuningdek, institut amaliyotchi-psixologi M.Boymirzaeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari O.Azimova, M.Anorboeva hamda 200 nafardan ortiq talabalar ham davra suhbatida qatnashdilar.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
talabalar o‘rtasida institut ichki tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga rioya qilish, kiyinish madaniyati;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish;
terrorizm va uning salbiy oqibatlari;
institutda ijtimoiy-ma’naviy sog‘lom muhitni mustahkamlash;
“Xavfsiz talaba” oyligini samarali o‘tkazish masalalari.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar, amaliy misollar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi fikrlar talabalar uchun foydali bo‘ldi. Uchrashuv yakunida yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ma’naviy barkamollikka chorlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati