“1-kurs maktabi” doirasida Yoshlar yetakchisi bilan suhbat bo‘lib o‘tdi

 Andijon davlat chet tillari institutida an’anaga aylangan “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Roman-german va slavyan tillari fakulteti hamda Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar.

 Uchrashuvni institut rektorining Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov olib bordi. Suhbat jarayonida u talabalarga institutda yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarga oid davlat siyosati, talabalarning ijtimoiy va ma’naviy hayotidagi muhim masalalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

 Shuningdek, yoshlar yetakchisi talabalarni nafaqat o‘quv jarayonida, balki turli ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol bo‘lishga undadi. “Bugungi kunda har bir talabaga o‘z qiziqish va iqtidorini yuzaga chiqarish, turli loyihalarda ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muhimi, sizlar ushbu imkoniyatlarni to‘g‘ri qadrlab, ulardan unumli foydalanishingiz kerak”, — deya ta’kidladi I.Abdulxamidov.

 Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ularga amaliy maslahat va tavsiyalar berildi. Talabalar uchun grant dasturlari, yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘nalishlari hamda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari xususida to‘xtalib o‘tildi.

 Mazkur tadbir 1-bosqich talabalari uchun institut hayotiga moslashishda, o‘z o‘rnini topishda va kelajakda faol, tashabbuskor yosh sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content