

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi dotsenti Satimova Dilafruz Numonjonovnaning “Ingliz va oʻzbek tillarida lisoniy substandartning turli diskurslardagi pragmatik, lingvokulturologik va sotsiolingvistik tahlili” mavzusida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya himoyasi Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi.
Kengash aʼzolari bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Satimova Dilafruz Numonjonovna filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Institut ma’muriyati Dilafruz Numonjonovnani ushbu muvaffaqiyatli himoya bilan muborakbod etgan holda talaba-yoshlarga ilm berishday sharafli va mashaqqatli ishda zafarlar tilab qoladi!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati