44

2025-yil 4-sentabr kuni Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutorlari D.Nabiyev hamda M.Yusupaxunovlar boshchiligida talabalar Andijon davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyiga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida talabalar o‘zbek xalqining og‘ir tarixiy sinovlari, o‘tmish saboqlari hamda ajdodlarimizning mardlik va sabr-toqat namunalarini o‘zida mujassam etgan qimmatli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi ko‘rgazmalar orqali ular Vatan ravnaqi, erkinlik va tinchlikning qadrini chuqurroq anglashdi.
Bu tashrif nafaqat talabalarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirdi, balki yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitib, ularni Vatanga sadoqat, milliy birlik va tinchlikni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmat