“Sharaf–2025”: Ilmiy unvon va darajalar muborak boʻlsin!

Andijon, 30-avgust. Andijon davlat chet tillari institutida 2024–2025-o‘quv yilining eng faol va samarali ishlagan rahbar va ishchi xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi — “Sharaf–2025” bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida institut jamoasining ilmiy va tashkiliy sohalardagi yutuqlari e’tirof etildi, ilm-fan va ta’lim sifatini oshirishga qo‘shilgan ulkan hissa munosib qadrlanadi.

Marosimda soʻnggi 2 oy davomida qoʻlga kiritilgan 23 nafar professor-o‘qituvchilarning ilmiy unvon va darajalarini tasdiqlovchi hujjatlar institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Jumladan:

🔹Professor — 3 nafar;
🔹Dotsent — 4 nafar;
🔹Fan doktori (DSc) — 4 nafar;
🔹Falsafa doktori (PhD) — 11 nafar.

 Bu ko‘rsatkichlar institut ilmiy salohiyatining izchil o‘sib borayotganidan dalolat beradi, shuningdek, ilmiy rahbarlik, nashriyot faolligi va innovatsion loyihalardagi ishtirok ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

 Faxriy unvon: institut bitiruvchisiga yuksak e’tirof

 Tadbir chog‘ida institut bitiruvchisi, uzoq yillar davomida hukumatning turli lavozimlarida xalq manfaati yo‘lida xizmat qilgan davlat arbobi — Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov “Institutning Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof Andijon davlat chet tillari instituti bitiruvchilari uchun ulug‘vor an’ana — Vatan va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissani qadrlash madaniyatining yorqin ifodasidir.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content