
Bugun Andijon davlat chet tillari instituti o‘zining (sobiq Andijon davlat tillar pedagogika institutida) 1982–1987-yillarda tahsil olgan bitiruvchilarini yana bag‘riga qabul qildi.
Oradan o‘ttiz yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ularning ko‘zida yoshlik xotiralari porlab, dargohga bo‘lgan mehr o‘zgarmaganini ko‘rish mumkin edi.
Bitiruvchilar institut bo‘ylab sayohat qilib, bugungi ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, yangidan barpo etilgan binolar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida ular o‘z o‘qigan yillari haqida iliq xotiralarini eslab, institut jamoasiga minnatdorlik bildirdilar.
Samimiy tashrif esdalik suratlarini olish jarayoni bilan yakunlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati