TALABALAR AMALIYOTI XORIJDA TASHKIL QILINADI

2025-yil 21-avgust kuni Andijon davlat chet tillari institutida xorijiy amaliyot masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

 Onlayn muloqotda institut rektori D.A.Rustamov ham ishtirok etdi. Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov, O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i S.Toshtonov, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari qatnashdilar.

Uchrashuv davomida “Imkon Konsalting” rahbari F.Abdullayev xorijiy amaliyot dasturlarining talablari va ishtirok etish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berib, talabalarning kuzgi va yozgi Work & Travel dasturlarida qatnashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 Mazkur uchrashuv xorijiy amaliyotlarni samarali tashkil etish va talabalarga yangi istiqbollar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content