
Andijon davlat chet tillari institutida rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligida maʼnaviyat sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rektor maslahatchisi M.Isroilov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Siddikov, Institut Matbuot xizmati rahbari A.Yunusov, fakultetlar dekanlari, ularning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tyutorlarning o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyati tahlil qilinib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilandi. Xususan, talabalarning ta’lim sifati va darslarga qatnashuvini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, fakultetlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar hamda jamoatchilik bilan muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda barcha ishtirokchilar tyutorlik tizimini yanada takomillashtirish, talabalarga individual yondashuvni kuchaytirish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida bir to‘xtamga keldi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati